Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Singapur davlat investitsiya fondi Uoll-stritda osmono‘par bino xarid qildi
Foto: rew-online.com
Singapur davlat investitsiya fondi (Government Investment Corporation, GIC) Amerikaning investitsiya trast fondi Paramount Group bilan birga Nyu Yorkning Wall Street ko‘chasida joylashgan osmono‘par binolardan birini xarid qildi.
Xabarlarga ko‘ra, ko‘chmas mulk 1,04 mlrd dollarga baholangan.
Umumiy maydoni 148 ming kvadrat metrdan oshadigan 47 qavatli bino aksiyasining 95 foizi Singapur fondiga tegishli bo‘ladi.
Hozirda, Wall Street 60 manzili bo‘yicha joylashgan binoda Deutsche Bank-America bosh qarorgohi faoliyat yuritadi. Germaniya banki binoning barcha xonalarini ijaraga olish shartnomasini yaqinda 2022 yilgacha uzaytirgan edi.
GIC dunyoning eng yirik mustaqil fondlari Top-10ligiga kiradi.
Mavzuga oid
07:15 / 08.11.2025
2025 yilda dunyodagi eng boy mamlakatlar reytingi
21:17 / 06.11.2025
Singapurda onlayn firibgarlik uchun darralash jazosi joriy etildi
20:06 / 05.10.2025
McLaren Formula-1 konstruktorlar kubogini muddatidan oldin qo‘lga kiritdi
14:42 / 25.09.2025