Frankfurt-Mayn şahrida Germaniyaning eng yirik banki — Deutsche Bank ştab-kvartirasida çorşanba, 28 yanvar kuni tintuvlar ötkazildi. Tintuvlar Berlindagi Deutsche Bank bölimida ham amalga oşirilgan. Der Spiegel haftanomasiga köra, Frankfurt-Mayndagi tergov tadbirlarida fuqarolik kiyimidagi taxminan 30 nafar xodim iştirok etgan.

Frankfurt-Mayndagi iqtisodiy jinoyatlar böyiça prokuratura bildirişiça, pul yuviş gumoni böyiça olib borilayotgan tergov federal jinoyat işlari boşqarmasi bilan hamkorlikda “Deutsche Bank’ning şaxsi aniqlanmagan mansabdorlari va xodimlariga nisbatan” yuritilmoqda. Prokuratura tergov haqida qöşimça ma’lumot berişdan boş tortdi. Şu bilan birga, dpa agentligi yozişiça, tergov markazida Deutsche Bank’ning “çet el kompaniyalari bilan avvalgi işbilarmonlik munosabatlari” turibdi, öşa kompaniyalar esa, öz navbatida, “pul yuviş uçun işlatilgan bölişi mumkin” degan şubha ostida.

Manbalarga köra, tergov 2013–2018 yillar oraliğida rossiyalik oligarx va biznesmen Roman Abramoviçga tegişli kompaniyalar murakkab tarmoği doirasida amalga oşirilgan moliyaviy operatsiyalarga daxldor. Süddeutsche Zeitung gazetasi ham tintuvlar Abramoviç — Deutsche Bank’ning sobiq mijozi bilan boğliq ekanini yozmoqda. Uning ma’lumotiga köra, bank Abramoviç kompaniyalariga nisbatan “pul yuvişda gumon qilingani haqidagi bir yoki bir neçta xabarnomani” (şubhali operatsiyalar töğrisidagi bildirişnomani) hokimiyat organlariga keçikib yuborgan.

Roman Abramoviç 2022 yil bahoridan buyon Yevropa Ittifoqi sanksiyalari röyxatida turibdi. Biznesmenning advokati bayonot berib, mijozi nemis hokimiyati tomonidan bu masalada qandaydir tergovlar olib borilayotganidan bexabar ekanini aytgan. Şuningdek, advokat Abramoviç “hamişa milliy va xalqaro qonunçilikka töliq muvofiq harakat qilgani”ni, buning aksini aytadigan har qanday iddaolar “yolğon va oligarx obrösiga putur yetkazuvçi axborot” ekanini ta’kidlagan.

Deutsche Bank vakili tintuvlar ötkazilganini tasdiqladi, ammo qöşimça tafsilotlarni oçiqlamadi. “Biz Frankfurt prokuraturasi tomonidan Deutsche Bank ofislarida hozirda tadbir ötkazilayotganini tasdiqlaymiz. Bank prokuratura bilan töliq hamkorlik qilmoqda. Qöşimça ma’lumot bera olmasligimizga tuşuniş bilan qaraşingizni söraymiz”, — dedi u.

Tintuvlar haqida ma’lum bölganidan keyin Deutsche Bank aksiyalari birjada qariyb 4 foizga pasaygan.