Jahon | 22:11 / 26.01.2017
6456
1 daqiqa o‘qiladi

Chechenistonda maktablarga diniy libosda kelishga izn beruvchi qonun qabul qilinadi

Foto: RIA

Checheniston parlamenti respublika o‘rta maktablarida hijob, xoch va yahudiylar bosh kiyimida kelishga ruxsat beruvchi qonun qabul qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda respublika qonun chiqaruvchi organi spikeri Magomed Daudov Instagram sahifasida ma'lum qilgan.

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov 25 yanvarda Rossiya fan va ta'lim vaziri Olga Vasilevaning maktablarga bosh ro‘moli bilan kelish borasida bildirgan tanqidiy fikrlaridan salbiy hayratini yashirmagan edi. 

Avvalroq, Rossiya Oliy sudi maktablarda diniy libos va bosh kiyimlarni kiyib kelishni taqiqlashni qonuniy deb topgan edi. Kreml ma'muriyati esa, maktablarda hijob o‘rash masalasida tomonlardan biri tarafida bo‘lishni xohlamasligini bildirdi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid