Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dori-darmonlarga qo‘yiladigan ustama haq foizlari kamaytirildi
Ma'lumki, 26 yanvar kuni "2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi" loyihasining navbatdagi jamoatchilik muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Mediahaftalikning 4-kun mavzusi: Ijtimoiy sohadagi ustuvor yo‘nalishlar.
Mazkur yo‘nalishlar orasida eng muhimlaridan biri sog‘liqni saqlash tizimi bo‘lib, bu borada mutaxassislar taqdimoti va muhokama bo‘lib o‘tdi.
Farmotsevtika sohasi sog‘liqni saqlash tizimining asosidir. Uni rivojlantirmay turib, aholini ijtimoiy himoya qilib bo‘lmaydi.
Mutaxassislarimizning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda bosh vazir o‘rinbosari boshchiligida aholiga 334 ta dori-darmonlarning yetib borish narxlarini nazorat qilish uchun davlat komissiyasi tuzilgan. Bu juda katta yengillik yaratishi alohida qayd etildi, zero bunday chora-tadbirlar dori-darmonlar bahosining oshib ketishi oldini oladi.
Kuzatuvlarga ko‘ra, dorixonalarimizda dorilarga qo‘yiladigan ustama haq 40-60 foizni tashkil qiladi. Bunga chek qo‘yish uchun ulgurji dorixonalardagi ustama haq - 15 foiz, chakana dorixonalardagi ustama haq esa 20 foiz etib belgilandi. Bu xalqqa yetib boradigan dorilar narxini nazoratga olish imkonini beradi. Yangi tizimni bir me'yorda olib borish uchun nazorat organlari mavjud.
Hozirga kelib, O‘zbekistonda ishlab chiqariluvchi 116 turdagi dori narxlari belgilab bo‘lingan. Xorijdan keltirilgan 227 ta dori narxlari ham yaqin kunlarda e'lon qilinishi aytildi. Bunga doir ma'lumotlarning barchasi sog‘liqni saqlash tizimi sayti orqali ma'lum qilib borilmoqda.
Mavzuga oid
23:36 / 29.04.2026
AQShda «opium epidemiyasi»ga sabab bo‘lgan farmatsevtika kompaniyasi yopiladi
08:31 / 07.04.2026
O‘zbekiston va Pokiston yuqori texnologiyali dori ishlab chiqarishi mumkin
18:01 / 05.03.2026
Prezident O‘zbekistondagi farmatsevtika korxonalari uchun yangi imkoniyatlarni e’lon qildi
11:02 / 03.03.2026