Jahon | 22:05 / 26.01.2017
4236
1 daqiqa o‘qiladi

Estoniyada mehnat muhojirlarining yarmidan ko‘pini ukrainaliklar tashkil qilmoqda

Foto: PM/Scanpix Baltics

2016 yilda ukrainaliklar Estoniyadagi jami mehnat muhojirlarining 57 foizini tashkil qilganlar. Bu esa Estoniyaga ishlagani keluvchi barcha uchinchi davlatlar fuqarolari orasida eng katta ko‘rsatkich hisoblanadi.  

"2016 yilda politsiya va chegarani qo‘riqlash departamenti uchinchi davlatlarning 1807 fuqarosiga ishlash uchun yashashga shoshilinch ruxsat bergan, ulardan 1030 nafari Ukraina fuqarolari. Ukrainaliklar yashashga ruxsat olgan jami mehnat muhojirlarining 57 foizini tashkil qilgan. Avvalgi yillarda ham ukrainaliklar mehnat muhojirlarining katta qismini tashkil qilgan", deyilmoqda xabarda. 

Ukrainaliklarning ko‘pchiligi Estoniyada turli qurilmalarni o‘rnatish, qurilish va kemalarni ta'mirlash tarmoqlarida ishlashgan hamda qishloq xo‘jaligi sohasida mavsumiy ishlarni bajarishgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid