Fan-texnika | 21:51 / 26.01.2017
4326
1 daqiqa o‘qiladi

Facebook messenjerida reklama paydo bo‘ldi

"Feysbuk" ijtimoiy tarmog‘i pul topishning yangi kanallarini qidirmoqda va shu sababli yil boshidayoq ijtimoiy tarmoqning to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyalarida reklama paydo bo‘ldi. U videoning 20-soniyasidan boshlab chiqa boshlaydi, videoning noshirlari va mualliflariga esa bunday e'lonlardan olingan daromadning 55 foizi tegadi.    

Shu tariqa "Feysbuk-messenjer"da ham reklama paydo bo‘ldi. 2016 yil yozida ijtimoiy tarmoqqa oyiga 1,59 mlrd kishi tashrif buyurgan bo‘lsa, messenjerga esa oyiga bir mlrd kishi kirgan. Endi messenjerning bosh sahifasida reklama e'lonlari arg‘umchog‘i namoyish qilinadi, u smartfonlar ekranining deyarli uchdan birini egallaydi. Tajribaning birinchi ishtirokchilari Avstraliya va Tailand aholisi bo‘ladi, funksiya sinovdan o‘tkazilgandan keyin boshqa davlatlarda ham paydo bo‘ladi.

Mavzuga oid