Islom Karimovga uyushtirilgan suiqasd haqidagi kitob nashrdan chiqdi
25 yanvar kuni Toshkentda yozuvchi Akbar Mirzoning “Suiqasd” asari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
Yangi kitob O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tug‘ilgan kuni arafasida taqdim qilinmoqda. Kitob voqealari asosida 1999 yilning fevral oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan voqealar yotadi. O‘shanda vahobiy-terrorchilar O‘zbekiston prezidenti, hukumatiga va huquqni saqlash organlariga qarshi tajovuz qilishgan edi. Shuningdek, jinoyatchilarni fosh qilishda ishtirok etgan huquqni saqlash organlarining tezkor va aniq harakatlari haqida ham hikoya qilinadi.
“Bu asar yosh va istiqbolli yozuvchi Akbar Mirzoning oldin chop etilgan, Namangan va Andijon voqealari aks ettirilgan, "Ayozi cho‘zilgan bahor" va "Ajal bilan yuzma-yuz" kitoblarining davomi bo‘lib, u mustaqil O‘zbekiston bosib o‘tgan murakkab yo‘lni tasvirlaydi. Asarda O‘zbekiston Birinchi Prezidenti faoliyati haqida badiiy naqlda hikoya qilib berilgan”, deb kitob haqida o‘z fikrlarini bildirgan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi Habib Temirov.
Mavzuga oid
13:34 / 07.10.2024
Turkiyada Islom Karimov haqida kitob nashr qilindi
13:30 / 02.09.2024
Foto: Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi
20:03 / 26.08.2024
Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilib, qurilish ishlari bilan tanishdi
22:12 / 14.02.2024