Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent janubiy temir yo‘l vokzali tubdan yangilanadi
Toshkent janubiy temir yo‘l vokzali O‘zbekiston mustaqilligining 26 yillik bayrami arafasida foydalanishga topshirilishi kutilayapti. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Boshtransloyiha» AJ tomonidan loyihalashtirilgan mazkur inshoot hi-tech usulda barpo etiladi. Binoning tashqi ko‘rinishi oq rangda bo‘lib, naqshlar keramika va sun'iy toshlar bilan bezatiladi. Vokzal bir qavatli bo‘lib, Toshkent shahar iqlimini inobatga olgan holda isitish va sovutish tizimlariga alohida e'tibor qaratilgan. Bu yerda yo‘lovchilarga ko‘plab qulayliklar yaratiladi. Shuningdek, 8,7 X 6 metr bo‘lgan jahon andozalariga mos yuqori servis xizmati ko‘rsatishga mo‘ljallangan VIP zal rejalashtirilgan.

Yana bir qulaylik - inshootning har ikki tomonida avto turargohlar barpo etiladi. Temir yo‘l kassalari bino tashqarisidan joy olgan bo‘lib, zamonaviy tarzda quriladi. Binoning old tomoni obodonlashtirilib, markazda 20 metr diametrdagi favvora bunyod etiladi. Bino bir sutkada o‘n ming kishiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega tarzda bunyod etiladi. Shu kungacha bu yerdan faqat shaharlararo yo‘nalishlarda qatnovlar amalga oshirilgan bo‘lsa, endilikda bir qator mahalliy yo‘nalishlar «Toshkent–Janubiy» vokzalidan amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
18:31 / 29.05.2026
Moskva-Dushanbe poyezdi harakati 6 yillik tanaffusdan so‘ng tiklanadi
19:21 / 21.03.2026
«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘lini 2030 yilda ishga tushirish rejalashtirilmoqda
18:13 / 19.03.2026
Bayram kunlari qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
17:58 / 16.12.2025