Jamiyat | 18:31 / 26.01.2017
7023
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Amerikalik chang‘ichi 45 metr balandlikdan pastga quladi

Foto: devins223

Chang‘i uchish jonu dili bo‘lgan Devin Stratton (Devin Stratton) balandligi 45 metr bo‘lgan qoyadan qulab, tirik qoldi. Bu haqda The Washington Post gazetasi yozmoqda.

Voqea Yuta shtati tog‘larida yuz berdi. Stratton tog‘ chang‘isida qiyalikdan pastga tushishni boshlaydi va shunda boshqaruvni yo‘qotadi. U pastga tushish oldidan shlemiga ekshn-kamera o‘rnatib olgan edi. Shu sabab voqea tafsilotlari tasvirga tushib qoldi.
“Omadim keldi. Shuncha balandlikdan qulab, omon qoldim va hatto jarohatlanmadim”, — deb tan oldi Stratton. U haqiqatda hech qanday jarohat olmadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid