Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Falastin "Obamaning transhi"ni olganini ma'lum qildi
Falastin prezidentining strategik masalalar bo‘yicha maslahatchisi Xusam Zomlot uning mamlakati AQShning sobiq prezidenti Barak Obama ma'muriyatidan 221 mln dollarlik transhni olganini ma'lum qildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
"Obama ma'muriyati belgilagan oxirgi summani oldik. Ular pulni o‘tkazib bo‘ldilar", deb aytgan Zomlot.
Avvalroq AQShning yangi prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Falastinga Obama tomonidan ajratilgan transh muzlatib qo‘yilishini aytgandi.
Zomlotning aytishicha, gap aynan o‘sha transh haqida ketmoqda va mablag‘larning ajratilishi haqidagi qaror "bir necha hafta oldinoq" qabul qilingan.
"Umid qilamizki, Tramp ma'muriyati undan avvalgi prezidentlarning bu boradagi siyosatini davom ettiradi", deb aytdi Falastin prezidenti maslahatchisi.
Mavzuga oid
23:29 / 04.02.2026
AQSh Eronga hujum qilsa, nima bo‘ladi?
23:24 / 04.02.2026
Trampga suiqasd qilishda ayblangan shaxs umrbod qamoq jazosini oldi
22:14 / 04.02.2026
Ilon Maskning boyligi 800 milliard dollardan oshdi – Forbes
21:14 / 04.02.2026