Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda valyutafurushlar qo‘lga olindi
Foto: Vice.com
Urganchlik To‘rabek Parpiyev (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) O‘zbekiston hududida chet el valyuta qimmatliklarini sotib olish va sotish faqat vakolatli banklar tomonidan amalga oshirilishini yaxshi bilsa-da, mo‘may daromad qilishga bo‘lgan ishtiyoq uni “qorabozor” tomon yetakladi. O‘zi kabi fikrlovchi fuqarolar Rashid Sapayev va Mahmud Sharipov bilan til biriktiradi, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.
Yoz kunlarining birida Mahmud tanishi Rashidga qo‘ng‘iroq qilib, bir tanishiga 8 ming AQSh dollari kerakligini aytadi. O‘z navbatida, Rashid bu haqda To‘rabekdan yordam so‘raydi. To‘rabek hisob-kitob qilib, yonida 2 ming AQSh dollari borligini aytadi va “kliyent”ga qolgan AQSh dollarini ham topib berishga va'da beradi.
Xaridorlar kelishilgan joyga 48 million so‘m olib kelishdi. To‘rabek sheriklari bilan pulni sanab olgandan so‘ng AQSh dollarini uzatdi, ammo...
Bel og‘rimasdan pul topaman deb, jinoyatga qo‘l urgan yigitlar sudning qora kursisiga o‘tirdilar va sud hukmi bilan tegishli jazoga tortildilar.
Mavzuga oid
16:58 / 13.01.2026
“Avvaliga o‘ldirishadi deb qo‘rqdim, keyin o‘rganib qoldim” – Uychida o‘g‘irlab ketilib, 4 kun ushlab turilgan yigit hikoyasi
12:49 / 02.01.2026
Toshkentda yerosti yo‘lida telefon olib qochgan shaxs ushlandi
14:56 / 17.12.2025
Oliy sud: 273-modda bilan sudlanganlar soni 2,8 mingdan oshdi
13:11 / 08.11.2025