Jahon | 12:15 / 27.01.2017
6447
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston prezidenti yangi konstitutsiyani tasdiqladi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev juma kuni yangilangan konstitutsiya rasmiy matnini e'lon qilish haqidagi farmonga imzo chekdi. TASSning qirg‘iz davlati matbuot xizmati rahbariga asosan xabar berishicha, imzo chekish marosimi spiker va parlament fraksiyalari yetakchilari, oliy sud raisi, shuningdek, markaziy saylov komissiyasi va konstitutsiya palatasi rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan.

Matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, prezident marosim davomida asosiy qonunga umumiy hisobda deyarli 40ta tuzatish kiritilganini ta'kidlab o‘tgan. "Unda shuningdek, avval davlat (qirg‘iz) va rasmiy (rus) tillarda bayon etilgan bir qator noaniqliklar bartaraf etildi", - deya ta'kidlab o‘tishgan u yerda. Farmon davlat OAVlarida e'lon qilinganidan so‘ng rasman kuchga kiradi. Bu 29 yanvar kuni ro‘y berishi mumkin.

Qirg‘izistonda konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish haqidagi referendum o‘tgan yilning 11 dekabr kuni bo‘lib o‘tdi. Unda fuqarolarning 42,4 foizi ishtirok etgan. Ovoz berganlarning taxminan 79 foizi taklif etilgan tuzatishlarni ma'qulladi. Asosiy qonundagi o‘zgarishlar prezident vakolatini kamaytirish, parlament va bosh vazir huquqlarini kengaytirish, shuningdek, sud va huquqni muhofaza qilish tizimi islohotini ko‘zda tutadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid