Jamiyat | 09:58 / 27.01.2017
8353
2 daqiqa o‘qiladi

Kuzbassda bolaning o‘limiga ko‘krak sutidagi alkogol sabab bo‘ldi

Rossiyaning Prokopevsk shahrida yashovchi ayol ehtiyotsizligi tufayli o‘limga olib kelgan harakatlari uchun sud oldida javob beradigan bo‘ldi. Gap shundaki, ayol pivo ichgandan keyin o‘z farzandini ko‘krak suti bilan emizishi go‘dakning o‘limiga sabab bo‘lgan.

Ma'lum qilinishicha, fojia 2016 yil noyabrda yuz bergan. Halok bo‘lgan bola oilada 3-farzand bo‘lgan. 

Ayol kun davomida 2 litrga yaqin pivo ichgach, bolasini emizib, uni uxlatgan. Ertalab esa ayol farzandi hayotlik alomatlarini bermayotganini aniqlagan va tez tibbiy yordam chaqirtirgan. Shifokorlar bolaning o‘limini qayd qilishgan. Sud-tibbiyot ekspertizasi bola alkogoldan zaharlanish oqibatida vafot etganini aniqlagan. 

Ma'lum qilinishicha, bolaning oilasi avval politsiya e'tiboriga tushmagan. Biroq hozirda oila profilaktik hisobga qo‘yilgan, 26 yoshli ona esa "Ehtiyotsizlik tufayli o‘lim yetkazish" moddasi bo‘yicha jinoiy ish figurantiga aylandi. Ayol ikki yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Mavzuga oid