Jahon kökrak suti bilan oziqlantiriş haftaligi har yili avgust oyining birinçi haftasida.

170 dan ortiq mamlakatlarda nişonlanadi. 1-7 avgust kunlari uşbu ijobiy amaliyotni tarğib qilişga bağişlanadi.

Bu yilgi haftalikning şiori “Kökrak suti bilan oziqlantiriş – hayot poydevori”. Buning boisi – emiziş çaqaloqlar va onalar uçun umrbod soğlom hayotning asosi hisoblanadi. Kökrak suti bilan oziqlantiriş tabiat in'omidir. U – juda oddiy, qulay va u insonlar hayotini saqlab qolişi va kelajakni yaratişi mumkin.

Emiziş bolaning kasalliklarga qarşi birinçi emlanişidir. Kökrak suti orqali onalar öz farzandlariga immunitetlarini beradilar. Bu esa bolalarning şaxsiy immunitetlari şakllanguniga qadar bölgan davrda ularni xavf-xatardan himoya qiladi. Kökrak suti bilan ozuqalantiriş qançalik erta boşlansa, yangi tuğilgan çaqaloqlar ölimi körsatkiçi şunçalik past böladi.

Dastlabki 6 oy davomida faqat kökrak suti bilan boqilgan bolalar bilan umuman emizilmagan yoki 6 oyga tölmaslaridan oldin kökrakdan çiqarilgan bolalarning salomatligi körsatkiçlari soliştirilsa, birinçi guruhdagi bolalar ikkinçi guruhdagilarga nisbatan yuqumli kasalliklarga kamroq çalinişi hamda ölim körsatkiçlari ham pastroq ekanligi ma'lum böladi.

Emiziş bolaning soğliğini, aqliy rivojlanişini, yaxşi ta'lim olişini oşiradi. Natijada katta bölganida yaxşi daromad oliş imkoniga yordam beradi. Kökrak suti bilan ozuqalantirişni qöllab-quvvatlaşga sarflangan har bir AQŞ dollarining iqtisodiy samarasi 35 AQŞ dollariga teng.

Kökrak suti bilan oziqlantiriş birgina emizikli ayolning işi emas. Töğri, faqat onagina farzandini emizişi mumkin, biroq boşqalar ona va bola özlarini yaxşi his etişlari uçun yordam berişlari mumkin.

Biz hammamiz – oila a'zolari, döstlar, mahalla, butun jamiyat va davlat – mas'ulmiz.

Onalarga oddiy dalda va kömak beriş hamda emiziş uçun kerakli qulayliklarni yaratib beriş orqali diareya bilan kasallaniş holatlarini 2 barobar, nafas oliş yöllari kasalliklarini esa uçdan birga kamaytiriş mumkin.

Har bir bola uçun – eng yaxşi ozuqa. Har bir bola uçun – hayotning eng yaxşi boşlanişi.