Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksika prezidenti Tramp bilan uchrashuvga borishdan bosh tortdi
Foto: Reuters
Meksika prezidenti Enrike Penya Neto 31 yanvarga belgilangan AQShga tashrifini bekor qilishini ma'lum qildi. Tashrif vaqtida Netoning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgandi.
"Biz Oq uyni men keyingi seshanbaga prezident Tramp bilan belgilangan amaliy uchrashuvda ishtirok etmasligimdan xabardor qildik", deb yozdi Penya Neto tvitterda.
Shu bilan birga Neto AQSh bilan muloqot qilishga tayyorligini bildirdi.
"Meksika AQSh bilan ikki davlatga foyda bo‘ladigan kelishuvlarga erishish uchun ishlash istagini tasdiqlaydi", deb yozgan Meksika prezidenti.
Avvalroq Tramp agar Meksika ikki davlat o‘rtasidagi devor qurilishini to‘lashni istamasa, unda Netoning tashrifini bekor qilish ma'qulroq bo‘lishini aytgan.
Avvalroq Tramp Vashington devor qurilishini zudlik bilan boshlashi haqidagi farmonni imzolagandi. Hamma ishlar AQSh byudjyeti hisobiga amalga oshiriladi, Meksika esa keyinroq xarajatlarni u yoki bu yo‘l bilan qoplashi kerak bo‘ladi.
Biroq Neto Trampning bu qarorini tanqid qilib kelmoqda va devor qurilishi uchun hech qanday haq to‘lamasligini aytmoqda.
Mavzuga oid
22:02 / 01.01.2026
RF Mudofaa vazirligi «Putin qarorgohiga hujum» bo‘yicha dalillarga egaligini da’vo qildi
18:53 / 01.01.2026
Dunyoning eng yirik investori Uorren Baffet lavozimini tark etadi
17:43 / 01.01.2026
MRB Trampga: Ukraina Putinning qarorgohiga hujum qilishga urinmagan – OAV
03:54 / 01.01.2026