Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va Turkiya birgalikda IShIDga zarba berdi
Foto: AFP 2017
Rossiya harbiy-koinot kuchlari va Turkiya harbiy-havo kuchlari 26 yanvarda Suriyaning Halab viloyatida IShIDga qarshi birgalikdagi havo operatsiyasini o‘tkazdilar. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Operatsiya Halab viloyatidagi Al-Bob aholi punktida o‘tkazilgan. Zarbalar oqibatida jangarilarga tegishli uchta boshqaruv punkti va aloqa uzeli hamda bir nechta mustahkamlangan tayanch punktlari yo‘q qilingan.
Ta'kidlanishicha, Moskva va Anqaraning harakatlari Suriya tomoni bilan kelishilgan holda amalga oshirilgan.
Rossiya tomonidan operatsiyaga Su-24M bombardimonchi va Su-35S qiruvchi samolyotlari, Turkiyadan esa F-16 va F-4 qiruvchi samolyotlari jalb qilingan.
Mavzuga oid
12:26
Rossiya armiyasi Zaporijjya viloyatiga hujum qildi: uch kishi halok bo‘ldi
23:00 / 28.01.2026
Qrim ko‘prigidagi portlash ishi bo‘yicha umrbod qamalganlar Tramp, Putin va Zelenskiyga murojaat qildi
20:28 / 28.01.2026
“Rossiya dastlabki talablaridan bosqichma-bosqich chekinyapti” – tahlilchilar
14:54 / 28.01.2026