Jahon | 23:01 / 27.01.2017
6839
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp immigratsiyani cheklash haqidagi farmonga imzo qo‘yadi

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp immigratsiyani cheklovchi farmonga imzo chekadi. Bu haqda prezident ma'muriyatidagi manba xabar bergan.
U bergan ma'lumotlarga ko‘ra, Tramp qochqinlarni qabul qilishni cheklaydi va mamlakatdan boshpana topganlar uchun “favqulodda tanlash metod”larini tartibga soladi.
Trampning juma kungi ish tartibida bir qator farmonlarga imzo chekishi kiritilgan. Aynan qaysi farmonlar ekanligiga Oq uydagilar aniq ma'lumot berishmagan.
Ma'lumot o‘rnida: AQSh 2016 yil 85 ming qochqinni qabul qildi. Undan oldingi uch yil ichida esa qatorasiga 70 ming qochqin Qo‘shma Shtatlarda qabul qilingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid