Jahon | 17:50 / 27.01.2017
6119
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp va Mey Vashingtonda Eron va Rossiyani muhokama qiladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda ilk marta xorijiy mamlakat yetakchisini qabul qiladi. Bu AQShning an'anaviy ittifoqchisi bo‘lgan Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey bo‘ladi. Ularning uchrashuvi asosan iqtisodiyot va xavfsizlik masalalariga bag‘ishlanadi. 

"Biz bosh vazir Mey kelayotganidan xursandmiz, uni kutyapmiz", - degan Oq uy matbuot kotibi Shon Speyser matbuot brifingida. "O‘ylaymanki, savdo masalasi ko‘rilsa kerak", - degan Oq uy rasmiy vakili. 

"Buyuk Britaniya bilan o‘ziga xos munosabatlarga ega bo‘lganmiz, bosh vazirning tashrifi buni isbotlaydi. Biroq, biz yanada yaqinroq bo‘lishimiz mumkin", - deb qo‘shimcha qilgan Speyser.

Avvalroq, Tereza Mey AQSh bilan yangi savdo kelishuvini tuzishni rejalashtirayotgani xususida so‘z yuritgan edi. Uchrashuv kun tartibiga qo‘yilgan boshqa bir masala 2015 yil yozida Eron yadro dasturiga doir kelishuv bo‘lishi mumkin. 

Bundan tashqari, ikki tomonlama uchrashuvda AQShning NATOga yondashuvi ham Rossiya bilan munosabatlarni qayyo‘sinda olib borish masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid