O‘zbekiston | 09:14 / 27.01.2017
16937
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» yangi aviayo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yadi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK xalqaro yo‘nalishlarda doimiy parvozlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Yaqin orada Pokistonning Lahor va Tojikistonning Dushanbe shaharlariga parvozlarni qayta tiklash rejalashtirilgan.

MAKning 2017 yilgi shu va boshqa rejalari xususida «O‘zbekiston havo yo‘llari» bosh direktori Valeriy Tyan, milliy aviakompaniya tashkil etilganligining 25 yilligi munosabati bilan uyushtirilgan matbuot anjumanida so‘z yuritdi. Bu haqda Kun.Uz muxbiri xabar qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Lahor va Dushanbe shaharlariga parvozlarni aprel oyigacha qayta qo‘lga qo‘yish borasida ish olib borilmoqda. 

Bundan tashqari, 2018-20 yillarga qadar yana 4ta Boeing-787 Dreamliner samolyotlarini xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolangan. Shu bilan birga, aprel oyida MAK Trenajyor majmuasida Boeing-767 samolyotining «Full-flight» simulyatorini o‘rnatish rejalashtirilgan. 

2017 yilda yo‘lovchilar va O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan mehmonlarga jahon andozalarida yuqori servisni taqdim etish maqsadida, Islom Karimov xalqaro aeroportining soatiga 1,5 ming aviayo‘lovchiga xizmat ko‘rsata oladigan «Toshkent-4» yo‘lovchi terminalini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirish davom ettiriladi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid