Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyalik "yo‘q joydan" pul ishlab oldi
Linkolnshir grafligidan bo‘lgan britaniyalik Aldi's Lincoln do‘konida nayrang ko‘rsatib, 330 funt sterling "ishlab olishga" muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Voqea 2 yanvarda yuz bergan, biroq uning tafsilotlari endigina paydo bo‘ldi. Graflik politsiyasining aniqlashicha, erkak do‘kondagi peshtaxtalardan birida turgan televizorni olib, kassa oldiga borgan. U kassirga sotib olingan mahsulotni qaytarib bermoqchiligini, biroq cheki yo‘qligini aytgan.
Kassir do‘kon boshqaruvchisini chaqirtirgan. Boshqaruvchi televizor uchun haqni qaytarib berishni buyurgan. Erkak pulni olgach, do‘kondan chiqib ketgan. U hozir qidiruvga berilgan.
Mavzuga oid
19:31 / 14.06.2026
Buyuk Britaniya Rossiya «yashirin floti» tankerini qo‘lga oldi
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44 / 08.06.2026
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
16:53 / 04.06.2026