Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlovchi zavod ishga tushiriladi
28 yanvarda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatida maishiy chiqindilarni qayta ishlovchi zavod loyihasi bilan tanishdi.
Bugungi kunda butun mamlakat bo‘ylab minglab tonna maishiy chiqindilar maxsus poligonlarda to‘planib, ularga hech kim tomondan talab bildirilmaydi. Endi esa bu chiqindilar mamlakat uchun tubdan yangi korxonalar – chiqindilarni qayta ishlovchi zavodlarga xom ashyo bo‘ladi. O‘zbekistonda bunday turdagi bir nechta zavod quriladi.
Xorazm viloyatidagi yangi korxona Urganch tumanida 15 gektar maydonda joylashadi. O‘zbekiston milliy banki zavod qurilishiga 7 mlrd so‘m va 970 ming dollar kiritadi. Zavoddagi ishlab chiqarish majmuasi Xitoyning BestonGroupMachineryCoLTD kompaniyasi tomonidan jihozlanadi.
Yil oxirigacha korxona foydalanishga topshirilishi kutilmoqda. Unda har yili 900 ming tonna qattiq maishiy chiqindi qayta ishlanadi. Korxona saralovchi qurilma bilan jihozlanadi, unda kelayotgan xom ashyo saralanib, so‘ngra mahsulot ishlab chiqaruvchi sexlarga jo‘natiladi. Umumiy hisobda zavod 6 turdagi tayyor mahsulot ishlab chiqaradi. Rezina, avtoshinalar, sellofan va plastmassadan qozonxonalar uchun yonilg‘i, yog‘och bo‘laklaridan xonalarni isitish uchun briketlar ishlab chiqariladi.
Baklajkalardan to‘qimachilik va qurilish sanoatida talabgir bo‘lgan sintepon ishlab chiqariladi. Qurilish chiqindilaridan devor materiallari sifatida ishlatish mumkin bo‘lgan bloklar ishlab chiqariladi.
Yana bir alohida liniyada makulaturadan sanoat korxonalari uchun qadoqlash materiallari olinadi. Meva-sabzavot chiqindilari va aynigan oziq-ovqat mahsulotlaridan biogaz va o‘simliklar uchun o‘g‘it olinadi.
Mavzuga oid
16:58 / 22.05.2026
Xorazm viloyatining ikki tumanida hokim o‘zgardi
08:33 / 19.05.2026
Koreyaga ishga yuborishni va’da qilganlar qo‘lga olindi
11:11 / 15.04.2026
Foto: Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi kuchli shamol oqibatlari
10:47 / 27.02.2026