Jahon | 09:05 / 28.01.2017
4572
1 daqiqa o‘qiladi

Norvegiyada Moskva Nobel qo‘mitasiga ta'sir o‘tkazishda ayblandi

Norvegiya politsiya xavfsizlik xizmati Rossiya Nobel qo‘mitasi ishiga ta'sir qilish uchun maxsus xizmatlardan foydalanganini aytdi. Bu haqda Norvegiyaning NRK davlat teleradiokompaniyasi ma'lum qildi

Norvegiyada Rossiya 2015 yilda Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoga tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini berishda xalaqit qilmoqchi bo‘lgani aytildi.

O‘z navbatida Rossiya elchixonasida bu ma'lumot "alahsirash" deb atalgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid