Toshkent-Andijon poyezdi qatnovi qachondan yo‘lga qo‘yiladi?
Toshkent-Andijon-Toshkent poyezdi fevral oyi boshidan qaytadan qatnovga qo‘yilishi mumkin. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi ma'lumot xizmatida xabar berishdi.
Kompaniya xodimi so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Farg‘ona vodiysiga temir yo‘l qatnovi “texnik sabablarga” ko‘ra yopilgan.
“Birinchi poyezd qatnovi fevral oyi boshidan yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Biroq bu borada aniq ma'lumotlar yo‘q. Shu bilan bir qatorda, poyezd qatnovga qo‘yilsa, “iqtisod” turkumidagi joyga chipta – 49 ming, “platskart” – 89 ming, “lyuks” joyga chipta esa – 159 ming so‘mni tashkil etadi”, - deya ta'kidlab o‘tdi kompaniya vakili.
Shuningdek, suhbatdoshning aytishicha, narxlar haftaning har chorshanba kuni yangilanib boradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qamchiq dovonida ko‘chki yuz bergani hamda buning oqibatida yuk poyezdi halokatga uchragani haqida tasdiqlanmagan xabarlar va fotosuratlar tarqalgandi. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” bu borada hech qanday izoh bermadi.
Mavzuga oid
23:26
Boshqirdistonda ko‘mir ortilgan 22 ta vagon relsdan chiqib ketdi
14:41
5 sotix yerni fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan ekologiya bo‘limi bosh inspektori 20 ming dollar bilan ushlandi
14:57 / 05.11.2024
Qamchiq dovonida yana yuk mashinasi yonib ketdi
09:44 / 04.11.2024