Jahon | 00:24 / 28.01.2017
5711
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Rossiya, Fransiya va Germaniya rahbarlari bilan suhbatlashadi

AQSh prezidenti Donald Tramp 28 yanvarda telefon orqali Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Fransiya prezidenti Fransua Olland va Germaniya kansleri Angela Merkel  bilan suhbatlashadi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Shon Spayser ma'lum qildi.

"Prezident o‘z prezidentligining birinchi haftasidan maksimal foyda ko‘rib, ertaga Fransiya, Germaniya va Rossiya yetakchilari bilan telefon orqali gaplashadi", deb aytilgan Spayserning tvitterida. 

Avvalroq Trampning maslahatchisi Kelliann Konuey CBS telekanaliga bergan intervyusida Tramp va Putin telefon suhbati chog‘ida "radikal terrorchilikni qanday yengish mumkinligi" va boshqa bir qator masalalarni muhokama qilishlarini ma'lum qilgandi.     

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ikki davlat yetakchisi o‘rtasida suhbat bo‘lishini tasdiqlagan. Suhbat davomida Putinning Trampni lavozimini bajarishga kirishgani bilan tabriklashi rejalashtirilgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid