Iqtisodiyot | 13:58 / 28.01.2017
16069
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina qurol-yarog‘ eksportini oshirmoqchi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakat qurol-yarog‘i eksportini oshirish haqida topshiriq berdi. Bu davlat byudjyetiga valyuta tushumlarini ko‘paytirish maqsadida amalga oshiriladi, deb xabar berdi Ukraina yetakchisi matbuot xizmati.

"Faqatgina eksport shartnomalari tufayli Ukraina tomonidan ishlab chiqilgan yangi qurol-yarog‘lar yashiklarda, ochilmagan holda qolib ketishining oldini olish mumkin. Ular Ukraina eksportining ikki foizini tashkil etadi. Biz valyuta tushumlari manbasi sifatidagi bu ko‘rsatkichni yanada oshirish haqida topshiriq berdik", - degan Poroshenko Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi yig‘ilishida.

Uning ta'kidlashicha, eksport ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi texnologiyalarga mablag‘ yo‘naltirish, kishilarni o‘qitish va armiyani kerakli qurol-yarog‘ bilan ta'minlash imkonini bermoqda.

"Biz Ukrainada ishlab chiqarilgan qurolga ortib borayotgan talabni qo‘llab-quvvatlashimiz lozim... Bugungi kunda mamlakatimizda chiqarilgan qurol-yarog‘ turlari bilan bozorda ko‘proq o‘ringa ega bo‘lib bormoqdamiz", - deya qo‘shimcha qildi u.

Prezidentning eslatishicha, mudofaa buyurtmasi 67 foizga eskirib qolgan ishlab chiqarish fondlarida amalga oshirilmoqda. Ba'zi bir korxonalarda esa bu ko‘rsatkich – 80 foizga teng ekan.

Mavzuga oid