Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Oskar"ga nomzodi qo‘yilgan film rejissyori Trampning yangi farmoni "qurboni" bo‘ldi
"Kommivoyajyer" filmi "Oskar"ga nomzod bo‘lgan eronlik rejissyor Asqar Farhodiy AQSh prezidenti Donald Trampning qat'iylashtirilgan migratsiya siyosati tufayli mukofotni topshirish marosimiga kela olmaydi. Bu haqida Eron-Amerika kengashi rahbari Trita Parsiy o‘zining Twitter'ida xabar berdi.
"Asqar Farhodiyning "Oskar"da ishtirok etishi uchun Erondan AQShga qo‘yib yuborilmasligi tasdiqlandi", - deb yozdi u.
Associated Press'ning ma'lum qilishicha, Amerikaning kinematografiya san'ati akademiyasi yuzaga kelgan vaziyatdan tashvishda ekanligini bildirgan.
Farhodiyning o‘zi hozircha bu borada hech qanday izoh bermadi.
Mavzuga oid
15:24 / 19.03.2026
RF Talankinning filmi yuzasidan “Oskar” tashkiliy qo‘mitasiga murojaat qildi
12:45 / 16.03.2026
«Jang ortidan jang» va «Janob Hech kim Putinga qarshi». «Oskar»ning barcha g‘oliblari
09:11 / 16.03.2026
“Janob Hechkim Putinga qarshi” filmi “Oskar”ni qo‘lga kiritdi
13:42 / 10.03.2026