Tramp Avstraliya qochqinlarini qabul qilishga tayyor
AQSh prezidenti Donald Tramp qochqinlar masalalari bo‘yicha Avstraliya bilan imzolangan kelishuvni bajarishga tayyorligini bildirdi. Mazkur bitim prezident Barak Obama davrida imzolangan edi. Bu haqda Avstraliya hukumati matbuot xizmati vakili ma'lum qilgan. AQSh prezidenti Tramp va Avstraliya bosh vaziri Malkolm Ternbull o‘rtasidagi telefon orqali muloqotda shu haqda so‘z borgan.
"Prezident, uning ma'muriyati qochqinlarning ko‘chishiga doir 2016 yilda ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida erishilgan kelishuv shartlariga rioya qilishda davom etishini tasdiqladi, - degan matbuot xizmati vakilasi. – Ikki mamlakat yetakchilari betartib va noqonuniy muhojirlikka barham berish borasida yakdil fikrda ekanliklarini bildirishgan".
Mazkur kelishuvga ko‘ra, AQSh Avstraliya tomonidan Manus oroli (Papua - Yangi Gvineya) va Nauru orol davlatida tashkil etilgan lagerlardagi bir necha yuz qochqinni qabul qilishi kerak. Bu lagerlardagi qochqinlarning aksariyati Yaqin Sharq mamlakatlari fuqarolaridir.
Avstraliya, o‘z navbatida, AQSh tomonidan o‘tkazilayotgan Markaziy Amerika (Kosta-Rika lagerlaridagi) qochqinlarini qayta joylashtirish dasturida ishtirok etishga tayyorligini bildirdi. Shu bilan birga, Avstraliya hukumati rahbari bir necha marotaba "gap odamlarni ayirboshlash haqida bormayotgani"ni ta'kidlagan.
Mavzuga oid
18:08 / 31.12.2024
FT Rossiya va Ukraina 2025 yilda tinchlik shartnomasi tuzishini prognoz qilmoqda
08:55 / 31.12.2024
AQSh Ukrainaga yordam uchun 2,5 milliard dollar ajratdi - bunaqasi ikki yildan buyon bo‘lmagandi
20:03 / 30.12.2024
Omadsiz lider – AQShning 100 yoshda vafot etgan sobiq prezidenti Jimmi Karter haqida nimalar ma’lum?
16:47 / 30.12.2024