Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yo‘lbarslar iskanjasida qolgan jabrlanuvchi halok bo‘ldi
Xitoyning Chjetszyan provinsiyasidagi Ninbo shahrida joylashgan hayvonot bog‘ida yo‘lbarslar qafasga haddan tashqari yaqin kelgan kishini tortib ketib, uni tilka-pora qilishdi.
Markaziy televideniyening ma'lum qilishicha, voqea 29 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:00 atrofida sodir bo‘lgan va uning videosi YouTube’da paydo bo‘lgan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, yo‘lbars qafasga haddan tashqari yaqin kelgan sayyohga hujum qilgan va uni yirtqichlar makoniga tortib ketgan.

Internetda tarqalgan videolardan katakda uch yo‘lbars insonga hujum qilgani ma'lum bo‘lgan. Manbada ta'kidlanishicha, favqulodda holat yuzaga kelgan joyda jabrlanuvchining ayoli va farzandi ham bo‘lgan. Politsiya va hayvonot bog‘i xodimlari petardlardan foydalanib, yirtqichlarni to‘xtatishga urinishgan. Guvohlarning ma'lum qilishicha, hujum qilgan yo‘lbars o‘ldirilgan.
Manbaga ko‘ra, jabrlanuvchi olingan jarohatlardan keyin hayotdan ko‘z yumgan. Voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026