Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Rossiyaga qachon tashrif buyurishi mumkinligi haqidagi ma'lumot paydo bo‘ldi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Rossiyaga mart oyi boshida tashrif buyuradi. Bu haqda Turkiya yetakchisi ma'muriyatidagi manba xabar berdi.
«Prezident Erdo‘g‘an mart boshida Moskvaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. U Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan oliy darajadagi Rossiya-Turkiya hamkorlik Kengashining navbatdagi yig‘ilishida raislik qiladi», - deya manba so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Sputnik ma'lumotlariga ko‘ra, Erdo‘g‘an Putin bilan ikki tomonlama muzokaralarni o‘tkazish maqsadida uchrashishi kutilmoqda.
Avvalroq Turkiya yetakchisi AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashish niyatida ekani ham ma'lum qilingandi.