Jahon | 08:00 / 30.01.2017
3429
2 daqiqa o‘qiladi

Kanada Tramp farmoni sababli muhojirlarga vaqtinchalik boshpana beradi

Foto: © EPA

Kanada AQSh prezidenti Donald Trampning immigratsiyani cheklovchi farmoni sababli AQShga kirish yopiladigan barchaga mamlakatda vaqtinchalik yashash uchun ruxsat beradi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

Kanada immigratsiya ishlari bo‘yicha vaziri Ahmad Hussen matbuot-anjumanda ma'lum qilganidek, u bunday huquqni necha kishi olishini bilmaydi, biroq AQShdan Kanadaga uchmoqchi bo‘lgan bir necha kishigagina qo‘nishda rad etilgan.   

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo boshchiligidagi hukumat hozircha AQShni tanqid qilishdan tiyilmoqda. Biroq Kanadaning ta'kidlashicha, u qochqinlar uchun ochiq. Biroq bir qator siyosatchilar Trampning taqiqlovini qoralashgan.

Trampning 27 yanvarda imzolagan farmoni 7 ta musulmon davlat: Eron, Iroq, Yaman, Liviya, Suriya, Somali va Sudan fuqarolariga tegishlidir.

AQSh ma'muriyatining bu qarori AQSh va boshqa davlatlarda keskin tanqidga uchragan.

Tramp o‘z qaroriga izoh berarkan, uning bu chorasi musulmonlarga emas, terrorchilarga qarshi qaratilganini aytgan. Uning aytishicha, barcha mamlakatlar fuqarolariga vizalar berish 90 kun ichida xavfsizlik siyosatida choralar ko‘rilgandan keyin yana boshlanadi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid