Jahon | 10:04 / 30.01.2017
9354
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp immigratsiya cheklovlarining bekor qilinishi shartlarini ma'lum qildi

AQSh prezidenti Donald Trampning bayonotiga ko‘ra, barcha mamlakatlar fuqarolari uchun viza berish qayta tiklanadi. Buning uchun 90 kun mobaynida xavfsizlik siyosatida qo‘shimcha choralar ishlab chiqilishi kerak. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda. 

«Aniq bo‘lishi uchun aytaman — bu musulmonlarga qarshi taqiq emas, OAV noto‘g‘ri izohlashmoqda», — degan Tramp. «Gap din haqida borayotgani yo‘q — terror va mamlakatimiz xavfsizligini qanday ta'minlash haqida bormoqda» — deb qayd etgan Tramp. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, dunyoda aholisining aksariyati musulmonlardan iborat 40dan ortiq mamlakatiga ushbu cheklov choralari joriy qilinmagan. 

AQSh ma'muriyatining farmoni, shuningdek, qora ro‘yxatda bo‘lib qolgan mamlakatlarning tanqidiga uchradi. Xususan, Tehron Vashington harakatlariga javob choralarini ko‘rishga va'da berdi. 

Shu bilan birga, Tramp farmoni AQShda ham tanqid qilinmoqda. Jumladan, Fuqarolar erkinligi Amerika kasaba uyushmasi – American Civil Liberties Union advokatlari Tramp farmoni sababli mamlakatga kiritilmagan ikki nafar iroqlik nomidan sudga murojaat qilishdi. AQShning 16 shtati bosh prokurorlari ham prezident farmonini qoralashdi. 

Mavzuga oid