Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Islandiyalik sportchi immigratsiya farmoni sababli AQShga kiritilmadi
Islandiyalik taekvondochi Meysam Rafiyeining ma'lum qilishicha, u tug‘ilgan yurti tufayli AQShga kiritilmagan. Xabarlarga ko‘ra, Meysam asli eronlik bo‘lib, Islandiyada faoliyat yuritadi va istiqomat qiladi hamda ushbu mamlakat fuqaroligiga ega.
«Men Islandiya terma jamoasi safida AQSh ochiq chempionatida ishtirok etish uchun Islandiya pasporti bilan yo‘l olgan edim. Biroq, mening Eronda tug‘ilganligim tufayli ruxsat berishmadi», — degan Rafiyei Facebook sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, AQSh davlat rahbari Donald Trampning farmoniga ko‘ra, Suriya, Eron, Iroq, Yaman, Sudan, Liviya va Somali fuqarolariga AQShga kirishlari uchun 90 kunlik cheklov joriy qilingan.
Mavzuga oid
21:38
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
20:26
Eron yana Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopilganini e’lon qildi
20:15