Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saturn halqalarining eng tiniq fotosuratlari taqdim etildi
NASA Saturn sayyorasi halqalari tasvirlangan juda ham tiniq fotosuratlarni taqdim etdi. Ular rekord masofa – 56 ming kilometr uzoqlikdan olingan. Kadrlar «Kassini» (Cassini) fazoviy qurilmasidan jo‘natildi.
«Kassini» o‘z missiyasi davomida avval ham bu obektlarni kuzatgandi, biroq bir pikselga 550 metr kenglikka ega suratlar «mayda» detallarni ham ko‘rish imkonini berdi. NASA reaktiv harakat laboratoriyasining ma'lum qilishicha, fotosuratlar olimlarga ilk bor Saturn yo‘ldoshlari tortishish kuchiga ta'sir ko‘rsatuvchi halqalarning «tozalangan» qismlari - «poxolpoya» va «propellerlarni» o‘rganish imkonini beradi.
«Kassini» sayyoralararo stansiyasi 1997 yildan beri koinotda. U yetti yil o‘tib Saturn orbitasiga chiqqan. NASA ma'lumotlariga ko‘ra, qurilma yana 20 marotaba o‘zining oxirgidan avvalgi missiyasi doirasida orbital manyovrlarni amalga oshirishi lozim. Agentlikdagi jamoa a'zolari so‘zlariga ko‘ra, kameralar kelasi safar Saturnga yaqin bo‘lgan halqalarga qaratiladi.
Mavzuga oid
08:09 / 05.01.2026
Orbitaga yeta olmagan missiyalar: 2025 yildagi eng yirik kosmik avariyalar
20:18 / 03.12.2025
Tarixda birinchi marta XKSga bir vaqtning o‘zida 8 ta kosmik kema ulandi
14:38 / 14.11.2025
NASA Marsga EscaPade pilotsiz missiyasini muvaffaqiyatli uchirdi
07:24 / 31.10.2025