Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp farmoniga qaramay 900ga yaqin muhojir AQShga kiradi
Amerika hukumati, AQSh prezidenti Donald Trampning farmoniga qaramay, 872 nafar qochqinning mamlakatga kirishiga ruxsat bergan. Bu haqda Reyter agentligi AQSh ichki xavfsizlik vazirligining ichki hujjatiga asoslangan holda xabar qilmoqda.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, bu qochqinlar shu haftaning o‘zida AQShga kirishlari mumkin bo‘ladi. Vazirlikdagi manbaning so‘zlariga ko‘ra, ularga Tramp farmonni imzolashidan avval ruxsat berilgan. Qochqinlar qaysi mamlakatlar fuqarolari ekaniga oydinlik kiritilmagan.
Hujjatda aytilishicha, 27 yanvar kechqurundan 30 yanvar ertalabgacha 348 kishiga samolyotga chiqishga ruxsat berilmagan, yana 200 kishiga AQSh hududiga qo‘nganidan so‘ng, kirish rad etilgan. 730 kishi, shu jumladan, 394 nafar AQShning qonuniy rezidentlari Amerika aeroportlaridagi bojxona-chegara xizmatlarida so‘roq qilingan.
Mavzuga oid
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
20:26 / 19.06.2026