Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WSJ: Trampning migratsiya siyosati Saudiya Arabistonini noqulay ahvolga qo‘ymoqda
AQSh prezidenti Donald Trampning migratsiya farmoni mamlakatning Yaqin Sharqdagi ittifoqchilaridan biri Saudiya Arabistoni podshohligini noqulay ahvolga qo‘yishi mumkin. The Wall Street Journal nashri shunday fikr yuritmoqda.
Gazetaga ko‘ra, Saudiya Arabistoni o‘zini mintaqaning yetakchisi deb bilar ekan, Trampning ayrim musulmon mamlakatlari fuqarolariga AQShga kirishni taqiqlash borasidagi cheklovlari ushbu mamlakat bilan ijobiy munosabatlarni davom ettirishga to‘sqinlik qilishi ehtimol.
«Taqiq Saudiya Arabistonini noqulay ahvolga qo‘yadi. Podshohlik ushbu farmonga noroziligini bildirishi kutilmoqda. Chunki, ro‘yxatga kiritilgan ayrim mamlakatlar, xususan, Sudan va Yaman saudiyaliklarning muhim ittifoqchilari hisoblanadi», — degan Qatarning Doxa universiteti ziddiyatshunoslik professori Ibrohim Frayxat.
Nashrning yozishicha, Saudiya mulozimlari AQSh ma'muriyatining ushbu farmoniga qarashini bildirmagan bo‘lsa ham, Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al Jubayr bu taklifni «juda xavfli» deb baholagan hamda turli dinga e'tiqod qiluvchi insonlar o‘rtasidagi ziddiyatlarga sabab bo‘lishi mumkin, degan taxminlarni ilgari surgan.
Ta'kidlanishicha, Saudiya yetakchilari Trampning saylanishini qutlagan va yangi prezidentning Eronga nisbatan qat'iy pozitsiyasi Ar Riyod va Vashingtonni yaqinlashtirishiga umid qilgan edi. Saudiya Arabistoni, shuningdek, Tramp Jim Mattisni mudofaa vazirligiga hamda Reks Tillersonni davlat departamentiga rahbar sifatida tayinlaganda uni olqishlagan edi.
Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni Suriyada xavfsiz hududlar joriy qilish bo‘yicha Tramp g‘oyasini ham ma'qullagandi.
Mavzuga oid
23:16 / 18.05.2026
AQSh Eronning kelishuv bo‘yicha yangi taklifini «yetarli emas» deb hisobladi
23:00 / 18.05.2026
Pokiston Saudiya Arabistoniga 8000 askar yubordi
08:56 / 18.05.2026
Politico: Tramp Grenlandiya bilan alohida kelishuv tayyorlamoqda
05:09 / 18.05.2026