Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APL. «Chelsi» «Liverpul»ni yenga olmadi
APLning 23-turida «Liverpul» «Chelsi»ni qabul qildi. «Enfild» o‘yingohidagi uchrashuvda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi.
O‘yinning 24-daqiqasida mehmonlar himoyachisi David Luis hisobni ochdi, «Liverpul» esa 57-daqiqada Jorjino Veynaldumning aniq zarbasidan keyin hisobni tenglashtirdi. 76-daqiqada Diyego Kosta «Chelsi»ga g‘alaba keltirishi mumkin edi, ammo mersisaydliklar jamoasi darvozaboni Simon Minole uning penalti zarbasini qaytardi.
Endilikda «Chelsi» 56 ochkosi bilan turnir jadvalini boshqarishda davom etmoqda. «Liverpul» esa 46 ochko bilan to‘rtinchi o‘ringa joylashgan.
Liverpul – Chelsi 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 24 David Luiz, 1:1 – 57 Veynaldum.
Liverpul – Minole, Klayn, Matip, Lovren, Milner, Veynaldum, Xenderson, Djan, Lallana (Origi, 90), Firmino, Koutino (Mane, 75).
Chelsi – Kurtua, Aspilikueta, David Luiz, Keyxill, Mozes, Kante, Matich, Alonso, Villian (Fabregas, 83), Diyego Kosta (Batshuayi, 90), Azar (Pedro, 72).
Ogohlantirishlar: Xenderson (45), Milner (59), Villian (79).
Mavzuga oid
10:29 / 10.05.2026
«Siti» poygaga qaytdi. Kun o‘yinlari
14:08 / 13.04.2026
«Siti» «Chelsi»ni yirik hisobda yengdi
21:21 / 16.03.2026
«Chelsi» Abramovich davridagi qoidabuzarliklar uchun 10 mln funt jarimaga tortildi
10:59 / 15.03.2026