Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA: Tramp farmoni aniq bir dinga qarshi qaratilmagan
BAA tashqi ishlar vazirligi rahbari Abdulla bin Zayid al-Nahayyan AQSh prezidenti Donald Tramp muhojirlik farmonini imzolash chog‘ida o‘zining suveren huquqidan foydalandi, deb ma'lum qildi. Bu qaror ma'lum bir dinga qarshi qaratilmagan.
"Mamlakatlarda o‘z suverenitetini ta'minlash bo‘yicha qarorlarni qabul qilishda suveren huquq bor. AQSh prezidenti bu huquqdan foydalandi. Bu qaror dinga qarshi qaratilgan, degan gap-so‘zlar tarqaldi. U aniq bir dinga qarshi qaratilmagan, bu qaror vaqtinchalik", - dedi al-Nahayyan jurnalistlarga.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp "Mamlakatning xorijiy terrorchilar kirishidan himoyasi to‘g‘risida"gi farmonga imzo chekdi. U AQShga 90 kun davomida yetti mamlakat (Eron, Iroq, Yaman, Liviya, Suriya, Somali va Sudan) fuqarolari kirishini taqiqladi, shuningdek barcha qochqinlarni qabul qilishni 120 kunga to‘xtatib qo‘ydi.
Mavzuga oid
09:10 / 09.04.2026
AQSh NATOdagi a’zoligini qayta ko‘rib chiqishi mumkin
13:42 / 10.03.2026
Eronga AQSh maxsus kuchlari yuborilishi haqidagi xabarlar inkor etildi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
10:29 / 12.08.2020