Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya bosh vaziri Trampning muhojirlik siyosatini xato deb atadi
AQSh prezidenti Donald Trampning muhojirlik siyosati xato va Buyuk Britaniyada qo‘llanilmaydi. Bu haqda Birlashgan Qirollik bosh vaziri Tereza Mey Britaniya parlamentida ma'lum qildi.
"Prezident Tramp tomonidan olib borilayotgan siyosatga kelsak, bu hukumatning pozitsiyasi u xato ekanidan dalolat. Biz bunday qilmagan bo‘lardik. Men olti yil davomida ichki ishlar vaziri bo‘lib ishlab, hech qachon bunday amaliyotdan foydalanmaganman. Bizning o‘ylashimizcha, u noto‘g‘ridir", - dedi u.
"Hukumat ishi ko‘chalarda norozilik namoyishlari o‘tkazishdan iborat emas. Hukumat ishi Britaniya fuqarolari manfaatlarini himoya qilish va bu biz qilgan narsadir", - degan Mey muxolif Leyboristlar partiyasi yetakchisi Jyeremi Korbinning tanqidiga javob berar ekan. U hukumat rahbarini Amerika prezidentini kuchsiz tanqid qilgani sabab qoraladi. "U norozilik namoyishiga boshchilik qilishi mumkin, men esa mamlakatni boshqaraman", - deya qo‘shimcha qildi Mey.
Shuningdek, Britaniya vazirlar mahkamasi raisi o‘zining AQShga tashrifi yakunlaridan ko‘ngli to‘lganini ham ta'kidlab o‘tdi. U Birlashgan Qirollikning "eng muhim ittifoqdoshi bilan munosabatlarni mustahkamlashdan xursand" bo‘lganini aytdi.