Iqtisodiyot | 09:13 / 01.02.2017
6146
2 daqiqa o‘qiladi

Yevrohudud iqtisodiyot o‘sishi sur'atlari bo‘yicha AQShdan o‘zib ketdi

Foto: Reuters

Yevrohudud iqtisodiyot o‘sishi sur'atlari bo‘yicha 2008 yildan beri birinchi marta AQShdan o‘zib ketdi. Bu haqda RBK nashri xabar bermoqda.  

2016 yilda Yevrohududga  kiruvchi 19 ta davlatning (yevro pul birligidan foydalanuvchi davlatlar) yalpi ichki mahsuloti o‘sishi yillik ifodada 1,7 foizga o‘sdi, deb xabar berilmoqda Eurostat matbuot bayonotida. AQSh YaIM esa o‘tgan yil natijalariga ko‘ra 1,6 foizga oshgan va iqtisodiy o‘sish sur'atlari oxirgi 6 yil ichidagi eng minimal darajada bo‘lgan.   

Yevrohudud davlatlari bu ko‘rsatkich bo‘yicha oxirgi marta AQShdan 2008 yildagina o‘zib keta olgandilar, o‘shanda nisbat 0,4 foizga 0,3 foizni tashkil qilgandi.

Ta'kidlanishicha, 2016 yil yakunlariga ko‘ra Yevropa Ittifoqining barcha 28 ta davlati YaIMi 1,9 foizga o‘sgan. O‘sish AQShnikidan 2011 yildan beri birinchi marta yuqoriroq bo‘lgan.  

Xalqaro valyuta jamg‘armasi prognozlariga ko‘ra, 2017 yilda AQSh YaIMi 2,3 foizga, 2018 yilda esa 2,5 foizga o‘sadi. Yevrohudud iqtisodiyoti esa bu davrda yiliga 1,6 foizdan o‘sadi.

Mavzuga oid