Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva viloyatidagi dahshatli YTHda to‘qqiz kishi halok bo‘ldi
Yangi Moskvada 1 fevral kuni yuz bergan dahshatli yo‘l-transport hodisasi qurbonlari soni 9 kishiga yetdi. Bu haqda RIA "Novosti" xabar berdi.
UAZ va Toyota Korotigino qishlog‘i yaqinidagi yo‘ldagi burilish joyida to‘qnashib ketgan. UAZ yonib ketdi, biroq olov tezda o‘chirilgan. ReN TV telekanali ma'lumotiga ko‘ra, Toyota’da Qirg‘iziston fuqarolari bo‘lgan.
«Yengil mashinada besh kishi halok bo‘ldi va uch nafar inson jarohat olgan bo‘lsa, yonib ketgan UAZ’da to‘rt kishi bevaqt hayotdan ko‘z yumdi. Jarohatlanganlarni mashinalardan chiqarib olish uchun maxsus asbobdan foydalanildi», - deya aytib o‘tgan suhbatdosh. Jarohat olganlar vertolyotda kasalxonaga olib ketildi.
Hodisa joyida tez tibbiy yordam bir necha brigadalari ishlamoqda, transport harakati vaqtincha cheklangan.
ReN TV halokat yuz bergan joydan olingan videoni taqdim etdi.



Mavzuga oid
13:30
Nyu Yorkda 11 yoshli o‘zbekistonlik maktab avtobusi urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
16:19 / 07.02.2026
Zarqaynar ko‘chasida YTH: ikki avtomashina to‘qnashuvi qayd etildi
19:53 / 02.02.2026
Samarqanddagi YTH oqibatida velosipedchi halok bo‘ldi
16:15 / 01.02.2026