San-Frantsisko shahri Tramp farmoni yuzasidan sudga ariza berdi
AQShning Kaliforniya shtati San-Frantsisko shahri prokurori Dennis Errera mamlakat prezidenti Donald Tramp farmoniga noroziligini bildirib sudga murojaat qildi. Tramp noqonuniy muhojirlarni hukumatga topshirishdan bosh tortayotgan boshpana-shaharlarga federal byudjyetdan moliyaviy yordam berishni cheklashni nazarda tutuvchi farmonga imzo chekkan edi. Bu haqda BBC xabar qilmoqda.
AQSh federal immigratsiya xizmatlarining faoliyatiga cheklov joriy qilgan shaharlar «boshpana-shahar» deb ataladi.
Prokuror arizasida aytilishicha, davlat rahbarining yangi farmoni AQSh konstitutsiyasiga kiritilgan 10-tuzatishga ziddir. Unga ko‘ra, federal hukumatga tegishli bo‘lmagan vakolatlar shtatlar va mamlakat fuqarolari zimmasida qoladi.
Bundan tashqari, Donald Tramp mahalliy hukumatni boshpana-shahar siyosati va qonunchiligidan voz kechishga majburlamoqda.
Shu bilan birga, prokurorning qo‘shimcha qilishicha, boshpana-shaharlar siyosati noqonuniy muhojirlarga deportatsiya qilinishdan xavotir olmay, o‘zlariga ma'lum bo‘lgan jinoyat haqida xabar qilishiga va shaharning xavfsizligini ta'minlashda turtki beradi.
Oq uy ma'muriyati esa, muhojirlarning kirishiga taqiqning hayotga tatbiq etilishini «ulkan muvaffaqiyat» deb baholamoqda.
Mavzuga oid
19:00 / 25.12.2024
“Matritsa”ning buzilishi va tarixiy order
18:52 / 25.12.2024
Tramp o‘lim jazosini qo‘llashda qat’iyat bilan davom etishini aytdi
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024