Jamiyat | 16:44 / 01.02.2017
7338
2 daqiqa o‘qiladi

Singapurda saudiyalik diplomat 10 yilga qamalishi mumkin

Singapur sudi saudiyalik diplomatni mahalliy mehmonxona xodimasiga jinsiy tajovuz qilishda gumon qilmoqda. Bu haqda sud tomonidan e'lon qilingan bayonotda so‘z yuritilgan. 

Hozirda, 39 yoshli Bander Yahyo Al Zahroniy 20 ming Singapur dollari (14 ming AQSh dollariga yaqin) garov puli evaziga hibsdan ozod etilgan. Mahalliy qonunchilikka ko‘ra, diplomat 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi barobarida darra urish bilan jazolanishi ham mumkin. 

Saudiya Arabistonining Pekindagi elchixonasi xodimi hisoblangan erkak rafiqasi va uch farzandi bilan Singapurga ta'tilga keladi. Tergov jarayoni uning ta'til chog‘ida mehmonxona xodimasiga tegajog‘lik qilganini aniqlagan. Sud mahkamasi buni kuch ishlatish yo‘li bilan jinsiy tajovuz qilish deb baholagan. Sudlanuvchi va himoyasining uqdirishicha, jabrlanuvchi o‘zini yomon his qilgan, diplomat esa, shunchaki yordam ko‘rsatgan. Biroq, hakam advokatlarning so‘zini qabul qilmagan. 

Mavzuga oid