Jahon | 08:52 / 01.02.2017
4082
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya va AQSh KXDRdan himoya maqsadida strategik qurollarni joylashtirmoqchi

Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi rahbari Li Sun Chjin amerikalik hamkasbi Jozef Danfor bilan telefon orqali muloqotda mamlakatda strategik qurollarni joylashtirishni muhokama qildi. Bu haqda Yonhap Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasiga asosan xabar berdi.

General Li Sun Chjin bu Shimoliy Koreyaning shiddat bilan rivojlanib borayotgan raketa va yadro dasturini “bosib turish” uchun kerakligini ma'lum qilgan.

«Muzokaralar shuningdek ikki mamlakatni himoya maqsadida strategik qurollarni yaratish rejalarini tasdiqlashga ham yo‘naltirilgan», - deyiladi xabarda.

Li Seul va Vashington o‘rtasida dekabr oyida o‘tkazilgan muzokaralarda o‘rnatilgan maqsadlarni amalga oshirish muhimligini ta'kidlab o‘tdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid