Regnum: Rossiya birlashgan harbiy bazasi Qirg‘izistonda. Nima? Qayerda? Qachon?
"Rossiya birlashgan harbiy bazasi Qirg‘izistonda. Nima? Qayerda? Qachon?" maqolasida ("Regnum", 30.01.2017) Margarita Knyazeva joriy yilning 29 yanvarida Rossiya Federatsiyasi (RF) va Qirg‘iziston Respublikasi (QR) o‘rtasida kelishuv kuchga kirgani to‘g‘risidagi maqolani taqdim etdi. Mazkur kelishuvga ko‘ra, respublika hududida joylashgan harbiy obektlar yagona yuridik - Rossiya birlashgan harbiy bazasiga aylantirildi. Rossiya harbiy tashkilotining maqsad va vazifalari o‘zgarishsiz qolgan.
Kelishuvda Rossiya obektining tartib-intizomi va shart-sharoitlari, shaxsiy tarkib va oila a'zolarining mamlakat hududida qolish qoidalari mahalliy qonunchilikdan kelib chiqqan holda qayta belgilab berildi. Hujjatda hech qanday sifat va miqdorga oid katta o‘zgarishlar yo‘q.
Rossiyaning to‘rt harbiy obekti - aviabaza, Issiqko‘ldagi sinov bazasi, seysmostansiya va RF HDF (harbiy-dengiz floti)ning uzoq aloqa tarmog‘i avvalgi o‘rinlarida qolgan. Mazkur kelishuv 15 yil davomida amalda bo‘ladi va tomonlardan biri uni to‘xtatishga qaror qilgunga qadar avtomatik ravishda 5 yillik muddatlarga cho‘ziladi.
Hujjatga ko‘ra, "Kant" aviabazasi o‘z faoliyatini bepul davom ettiradi. Avtonom seysmik punkt joylashgan yer hududidan foydalanish evaziga to‘lanadigan ijara haqi evaziga Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha vakolatli organ va QR Fanlar akademiyasining Seysmologiya institutiga mamlakatdagi zilzilalar kuchi va vaqtiga oid operativ ma'lumotlar taqdim etiladi. Aslida yillik ijara haqi 4,5 million dollardan ziyodni tashkil etadi.
"Global Firepower"ning harbiy qudratga doir reytingida Qirg‘iziston 126 o‘rin orasida 110-pog‘onani egalladi. Nashr versiyasiga ko‘ra, QRda 3 million mehnatga layoqatli fuqaro bo‘lib, ulardan harbiy xizmatga yaroqlilari 2,7 millionni tashkil qiladi. Mamlakatda mavjud harbiy xizmatchilar soni - taxminan 16 000 nafar bo‘lsa, harbiy byudjyet 249 million dollarni tashkil etadi. Reyting mualliflari respublikada 150 tank, 30 o‘ziyurar artilleriya qurilmasi, 21 reaktiv olov tizimi, 159 artilleriya quroli va 6 vertolyot (2tasi zarbli vertolyot) borligini ta'kidlashgan.
Mavzuga oid
12:30
Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi diplomatik missiyasini yakunlayapti
17:51 / 01.11.2024
“Hindiston va pokistonliklarga nisbatan ksenofobiya kuzatilgan”. Qirg‘izistonda xorijlik talabalar xush ko‘rilmayaptimi?
17:16 / 01.11.2024
Qirg‘izistonda Turkiy davlatlar tashkilotining XI sammiti bo‘lib o‘tadi
23:06 / 31.10.2024