Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi
Toshkentda shaxmat bo‘yicha 8-12 yoshli o‘g‘il-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida ikki yuzdan ziyod shaxmatchi g‘oliblik uchun bahslashdi.
Sakkiz yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida toshkentlik Humoyun Begmurodov sakkiz ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi. Samarqandlik Kamron Karimov ikkinchi, poytaxtlik Alixon Avazxonov uchinchi bo‘ldi. Qizlar o‘rtasida poytaxtlik Odina Olimova 7,5 ochko bilan oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, samarqandlik Afro‘za Hamdamova kumush va toshkentlik Nozima Valiyeva bronza medal bilan taqdirlandi.
O‘n yoshgacha o‘g‘il bolalar musobaqasida toshkentlik Islombek Sindorov va samarqandlik Akobirxon Saydaliyev sakkiz ochkodan jamg‘ardi. Qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha Islombek g‘olib, deb topildi. Uchinchi o‘rin poytaxtlik shaxmatchi Umarxon Faxriddinxo‘jayevga nasib etdi. Qizlar musobaqasida samarqandlik Guldona Karimova oltin, navoiylik Barchinoy Shokirjonova kumush, samarqandlik Ruxshona Rahimberdiyeva bronza medalni qo‘lga kiritdi.

O‘n ikki yoshgacha o‘g‘il bolalar bahsida poytaxtlik Javohir Sindorovga teng keladigan raqib topilmadi. U to‘qqiz partiyaning barchasida g‘alaba qozonib, mamlakat chempionligiga sazovor bo‘ldi. Toshkent viloyatidan Olmos Rahmatullayev ikkinchi, buxorolik Mirfayz Sunnatov uchinchi bo‘ldi. Qizlar o‘rtasida toshkentlik shaxmatchilar Maftuna Bobomurodova, Mohinur Habibullayeva va surxondaryolik Umida Omonova sovrinli o‘rinlarni egalladi.

Mavzuga oid
18:41 / 11.05.2026
Toshkentda gaz ta’minoti bo‘limi xodimi 21 ming dollar bilan ushlandi
09:00 / 10.05.2026
Bekor bo‘lgan peshlavha “solig‘i”, anti-SLAPP zarurati va SSVda iste’folar - hafta dayjesti
13:59 / 07.05.2026
Toshkentdagi avtobuslarda bugundan boshlab konditsionerlar yoqilmoqda
22:02 / 06.05.2026