Amerikaning Porter esminetsi yana Qora dengizga kirdi
2017 yil 2 fevral kuni AQSh harbiy-dengiz kuchlarining raketa esminetsi Porter Qora dengizga kirdi. Bu haqda AQSh oltinchi floti saytida xabar qilinadi.
Harbiy kemaning Qora dengizga kirishdan maqsadi — «dengiz xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish hamda mintaqadagi ittifoqchilar va hamkorlar bilan o‘zaro hamkorlik, shuningdek, imkoniyatlarini kengaytirishdir».
Habarlarga ko‘ra, Porter har yili Ruminiya yetakchiligida o‘tkaziladigan harbiy-dengiz mashg‘uloti Sea Shield 2017 da ishtirok etadi.
Kema komandiri Andria Slauning bayonot berishicha, Porter so‘nggi bir necha yilda doimiy ravishda Qora dengizda faoliyat ko‘rsatadi. Shu bilan «Amerikaning mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlashga sodiqligini namoyish etadi».
Porter bundan avval ham bir necha marotaba Qora dengizga kirgan. Ushbu dengizga NATOning boshqa mamlakatlari harbiy kemalari ham kirib turadi.
Mavzuga oid
13:10 / 11.03.2024
Rossiya floti kemalari besh kundan beri Qora dengizga chiqmayapti
15:34 / 12.01.2024
Turkiya, Bolgariya va Ruminiya birgalikda Qora dengizni minalardan tozalaydi
13:55 / 29.12.2023
Qora dengizda don olib ketayotgan kema minada portlab ketdi
20:25 / 28.12.2023