Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Inter» Yevropa grandlari qiziqqan himoyachini ilib ketishga yaqin turibdi
«Volfsburg» himoyachisi Rikardo Rodriges Italiyaning «Inter» klubiga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, «neradzurri» shveysariyalik futbolchini yozgi transferlar bozorida sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Milanliklar shuningdek Rodriges bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishib olgan. Unga ko‘ra, Rodriges «Inter» bilan 5 yillik shartnoma tuzadi va yiliga 5 million yevro maosh oladi.
Xabar qilinishicha, «Inter» «Volfsburg» futbolchi uchun talab qilayotgan 22 million yevroni to‘lashga tayyor ekanini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Rikardo Rodrigesni sotib olish uchun Yevropaning grand jamoalari, jumladan «Real», «Manchester Siti» kabi klublari da'vogarlik qilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Mavzuga oid
11:16 / 25.02.2026
«Budyo-Glimt» ertagi davom etadi. YeChL kashfiyotini yoqtirib qolish uchun 5 sabab
13:39 / 15.02.2026
«Real»da yirik g‘alaba, Italiya derbisida hakamlik mojarosi. Kun o‘yinlari
14:09 / 09.02.2026
«Real» chempionlik poygasida qoldi, «Inter», «Bavariya» va «PSJ» raqiblarini yo‘q qilmoqda
12:21 / 01.07.2025