«Volfsburg» himoyaçisi Rikardo Rodriges Italiyaning «Inter» klubiga ötişga yaqin turibdi. Bu haqda Calciomercato naşri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga köra, «neradzurri» şveysariyalik futbolçini yozgi transferlar bozorida sotib oliş böyiça kelişuvga erişgan. Milanliklar şuningdek Rodriges bilan şaxsiy şartnoma böyiça kelişib olgan. Unga köra, Rodriges «Inter» bilan 5 yillik şartnoma tuzadi va yiliga 5 million yevro maoş oladi.
Xabar qilinişiça, «Inter» «Volfsburg» futbolçi uçun talab qilayotgan 22 million yevroni tölaşga tayyor ekanini bildirgan.
Eslatib ötamiz, Rikardo Rodrigesni sotib oliş uçun Yevropaning grand jamoalari, jumladan «Real», «Mançester Siti» kabi klublari da'vogarlik qilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.











