Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Donbassdagi vaziyat uchun javobgarlikni Poroshenko zimmasiga yukladi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Ukraina sharqidagi vaziyat uchun javobgarlik Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko zimmasida ekanligini aytdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
"Javobgarlik, birinchi navbatda, urush borayotgan davlatning prezidenti zimmasida bo‘ladi", deb aytdi Lukashenko Donbassdagi ixtilofning avj olishi haqida.
Lukashenkoning aytishicha, u Poroshenko bilan yaxshi munosabatda.
"Men bu yerda Pyotr Poroshenkoga tanbeh bermoqchimasman, men u bilan yaxshi munosabatdaman. Biroq men doimo aytamanki, qanday vaziyat bo‘lmasin, baribir seni ayblayverishadi, chunki sen shu davlat prezidentisan", deb o‘z fikrlariga xulosa yasadi Belarus rahbari.