Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp yangi farmonlarni imzolaydi
foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp 3 fevralda yangi farmonlarni imzolaydi, deb ma'lum qildi Oq uy.
Farmonlar mazmuni oshkor qilinmagan.
Tramp lavozimini bajarishga kirishgandan keyin bir necha farmonlar, jumladan Yaqin Sharq va Afrikadagi 7 ta davlat fuqarolariga AQShga kirishni cheklash, qurolli kuchlarning qayta shakllantirilishi haqidagi farmonlarni imzolashga ulgurdi. AQSh prezidenti kiberxavfsizlik haqidagi farmonni imzolamoqchi bo‘lgan, biroq bu niyatidan qaytgandi.
Tramp 3 fevralda strategiya va siyosat bo‘yicha yangi forumda ishtirok etadi. Bu forumda bir qator nufuzli amerikalik tadbirkorlar ham qatnashadi. Kunning 2-qismida Tramp o‘zining Floridadagi Mar-a-Lago deb nomlangan yeriga yo‘l oladi va u yerda dam olish kunlari bir necha uchrashuvlar o‘tkazadi.